«Liverpul» — Angliyaning eng ko'p sovrin yutgan klubi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 371
«Liverpul» klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida «Flamengo»ni mag'lub etib, ushbu mavsumdagi o'zining uchinchi sovrinini qo'lga kiritdi. Klopp boshqaruvidagi jamoa 2019 yilda Evropa chempionlar ligasi, UEFA superkubogi va klublar o'rtasida jahon chempionligini o'z hisobiga qo'shib qo'ydi.
Shu tariqa, mersisaydliklarning sovrinlari soni 47taga etdi. Jamoa o'z tarixida quyidagi sovrinlarni qo'lga kiritgan:
Angliya chempioni — 18 marta;
Angliya kubogi — 7;
Angliya liga kubogi — 8;
Evropa chempionlar ligasi — 6;
UEFA kubogi — 3;
UEFA superkubogi — 4;
Klublar o'rtasidagi JCh — 1.
Bu Angliya klublari orasidagi eng yaxshi natija hisoblanadi (Angliya superkubogini qo'shmaganda). Jamoaning yaqin ta'qibchisi «Manchester Yunayted» hisobida 45ta sovrin mavjud.