«PSJ» triosi «Amen»ni «parchalab» tashladi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 461
Frantsiya chempionatining 19-turi doirasida «PSJ» klubi o'z maydonida «Amen»ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Kilian Mbappe "dubl"ga erishgan bo'lsa, Neymar va Ikarda o'z hisobiga bittadan gol yozishdi. Parijliklarning 4ta goliga mehmonlar bir marta javob qaytarishdi.
Ushbu g'alabadan keyin Tuxel jamoasining ochkolari 45taga etdi va jamoa 2-o'rindagi "Marsel"dan 7 ochko oldinda bormoqda.
Frantsiya chempionati, 19-tur
PSJ – Amen 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 10 Mbappe, 2:0 – 46 Neymar, 3:0 – 65 Mbappe, 3:1 – 70 Mendosa, 4:1 – 84 Ikardi.
PSJ – Navas, Mene, Tiago Silva (Kerer, 58), Diallo (Verratti, 22), Bernat, Markinos, Paredes, Di Mariya (Sarabiya, 86), Neymar, Ikardi, Mbappe.
Amen – Gyurtner, Kalabrezi, Lefor, Dibassi, Aleesami, Zungu, Nyaore (Blen, 64), Diabate (Kornett, 71), Monkondyui (Akolo, 82), Mendosa, Konate.
Ogohlantirish: Nyaore (28).