Messi so'nggi 10 yilning 9tasida kamida 50ta gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 497

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La liganing 18-turi doirasida bo'lib o'tgan «Alaves»ga qarshi o'yinda (4:1) bitta gol urdi.
Argentinalik futbolchi uchun bu gol 2019 kalendar yilidagi 50-gol bo'ldi. Shu tariqa, 32 yoshli futbolchi so'nggi 10 kalendar yilning 9tasida kamida 50ta gol urdi. Messi faqatgina 2013 yilda 45ta to'p kiritgan.
Messi tomonidan so'nggi 10 yilda urilgan gollar statistikasi:
2010 — 60* gol
2011 — 59
2012 — 91
2013 — 45
2014 — 58
2015 — 52
2016 — 59
2017 — 54
2018 — 51
2019 — 50.
* - Lionel Messi tomonidan "Barselona" klubi va Argentina terma jamoasi safida rasmiy o'yinlarda urilgan gollar inobatga olingan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203