«Tottenxem» Diopga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 443
"Vest Xem" markaziy himoyachisi Issa Diop Londonning boshqa bir "Tottenxem" klubining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, "shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourino 22 yoshli markaziy himoyachi APLning 13-tur uchrashuvida qilgan harakatlaridan mamnun bo'lgan, shuning uchun frantsuz futbolchisini o'z jamoasida ko'rishni istamoqda.
Shartnomadagi asosiy muammo bu "Vest Xem" o'z futbolchisi uchun kamida 50 mln funt sterling evaziga qo'yib yubormoqchi.
Ma'lumot o'rnida, ushbu mavsumda Issa Diop "Vest Xem" safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!