Vinisius Junior: "Real" safida 500-o'yinimni ham o'tkazishni xohlayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32

Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior jamoa safida o'tkazgan o'yinlari sonini 300 taga etkazish arafasida.
Braziliyalik futbolchi uchun La Liganing 1 mart, shanba kuni "Betis"ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvi 300-uchrashuv bo'lishi mumkin.
"Keyingi o'yinim men uchun "Real"dagi 300-o'yin bo'ladi, ammo men allaqachon 400 va 500-o'yinni o'tkazish haqida o'ylayapman. Klub tarixiga kirishga umid qilaman," - deya "qaymoqranglilar" safida ilk bor sardorlik bog'ichi bilan o'ynagan Vinisiusning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208