Anchelotti «Everton» bosh murabbiyi sifatida dastlabki intervyuni berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 297

«Everton» klubi yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti dastlabki intervyusini berdi.
«Bu boy tarixga va jo'shqin muxlislarga ega klub. Jamoa xo'jayini va rahbariyati muvaffaqiyatga erishish va sovrin qo'lga kiritish uchun aniq fikrga ega.
Murabbiy sifatida bu menga yoqadi va bu jamoani boshqarganimdan xursandman. Jamoaning so'nggi 2 haftadagi o'yinlari orqali ko'rdimki, o'yinchilar ko'p narsaga qodir. Dankan Fergyuson (jamoani vaqtinchalik boshqaruvchi murabbiy) katta ishni amalga oshirdi.
Kuchli tashkilotchilik, tartib-intizom va to'g'ri motivatsiya futbolning muhim bo'g'imlari hisoblanadi. Fergyuson mening shtabimda qolishidan va jamoani olg'a boshlashidan xursandman», – dedi Anchelotti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198