«Fiorentina» bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 623

«Fiorentina» bosh murabbiyi Vinchentso Montella o'z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
«Jamoa natijalari chuqur va sinchiklab o'rganilganidan keyin klub qaror qabul qildi», – deyiladi «Fiorentina» bayonotida. Jamoa rahbariyati Montella va uning yordamchilariga minnatdorchilik bildirib, unga omad tiladi.
«Fiorentina» klub yaqin bir necha kun ichida yangi bosh murabbiy nomini e'lon qiladi.
«Fiorentina» Italiya chempionatining 17-turidan keyin 17 ochko bilan jadvalda 14-o'rinni egallab turibdi. Montella 10 aprel kuni jamoani qabul qilib olgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan edi. «Fiorentina» o'tgan mavsumda A seriyada 16-pog'onani egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230