Inesta Argentina chempionatiga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 398

"Barselona"ning sobiq sardori Andres Inesta faoliyatini Argentinada davom ettirishi mumkin.
Sport.es xabariga ko'ra yarim himoyachi "Estudiantes" klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.
"Barselona"ning sobiq himoyachisi, hozirda "Estudiantes"da murabbiylik qilayotgan Gabriel Milito Inestani Argentinaga chaqirmoqda.
Avvalroq, "Barselona"ning yana bir sobiq futbolchisi Xaver Maskerano ushbu klubga kelib qo'shilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Inesta Kataloniya klubida 22 yillik faoliyatidan so'ng 2018 yilda "Barselona"ni tark etgan edi.
Futbolcho Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasida to'p surib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214