Sarrining A seriyadagi g'alabalari soni 100taga etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 302
«Yuventus» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri ushbu haftada A seriyadagi o'zining 100-g'alabasini qo'lga kiritdi. Buning uchun unga 169ta o'yin kerak bo'ldi.
Bu so'nggi 25 yil ichida Italiya chempionatida debyut qilgan mutaxassislar orasida eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. Shu vaqtgacha bu vaqt oralig'idagi eng yaxshi natija Karlo Anchelottiga tegishli edi: 185ta o'yinda 100ta g'alaba.
Ilgari Sarri A seriya klublari — «Empoli» va «Napoli»ni boshqargan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!