«Paxtakor»ning afsonaviy darvozabonlaridan biri vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 387
"Paxtakor" tarixidagi eng mashhur darvozabonlardan biri Yuriy Pshenichnikov hayotdan ko'z yumdi.
Jamoamiz tarixining dastlabki yillaridan tarkibga kelib qo'shilgan Pshenichnikov uzoq yillar mobaynida "Paxtakor" darvozasini ishonch bilan qo'riqlab, ishqibozlar mehrini qozondi. 1960-67 va 1972 yillarda chempionat bahslarida 203 uchrashuvda maydonga tushdi. Jami 250ga yaqin bellashuvlarda "Paxtakor" sha'nini himoya qildi. Klubimiz va o'zbek futboli tarixida eng yaxshi posbonlardan biri sifatida o'z nomini yozdirib qo'ydi. Murabbiylik faoliyatida esa ko'plab klublarda ishlab, shogirdlar tarbiyaladi.
"Paxtakor" futbol klubi Yuriy Pshenichnikovning oila a'zolari, yaqinlari va do'stlariga o'z hamdardligini bildiradi. Uning ismi klubimiz tarixidan o'chmas nom olgan va doimo yodimizda bo'ladi.