Toshkentda AQUATHLON-2019 turniri bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 321
Respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internatida AQUATHLON-2019 musobaqasi o'tkazildi. Triatlon sportining turlaridan biri bo'lmish ushbu yo'nalish suzish va yugurish bahslarini o'z ichiga oladi. Tashkil qilingan musobaqada ishtirokchilar 800 metrga suzish va 1500 metrga yugurish bo'yicha bahs olib bordilar.
Musobaqa 4 yosh toifasida (11-14, 15-17, 18-25 va 26-32) o'tkazildi. G'olib va sovrindorlarni triatlon bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Viktor Zemtsev taqdirladi. Ta'kidlash joiz, mazkur turnirni o'tkazishdan maqsad oldinda turgan yangi mavsum uchun terma jamoaga nomzod sportchilarni saralab olish va ularning imkoniyatlarini ko'zdan kechirishdir. Turnir davomida quyidagi sportchilar oltin medallarni qo'lga kiritishdi:
11-14 yosh.
Yigitlar:
Shohjahon Yoqubov
Qizlar:
Nilufar Tolibjonova
15-17 yosh.
Yigitlar:
Kamron Xo'jaev
Qizlar:
Latofat Sodiqova
18-25 yosh.
Yigitlar:
Aleksandr Rashetnikov
Qizlar:
Ekaterina Ryazanova
26-32 yosh.
Erkaklar:
Shohruh Yunusov