«Lokomotiv» yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 300
Yakuniga etgan milliy chempionatda kumush medallarni qo'lga kiritgan “Lokomotiv” bugundan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. “Temiryo'lchilar”ning ilk mashg'uloti TTYMI stadionida kechdi. Mashg'ulotni jamoaning yangi bosh murabbiyi Andrey Fyodorov olib bordi.
Qishki ta'tildan qaytgan futbolchilarimiz birinchi kun asosan yugurish va chigalyozdi mashqlar bilan cheklanishdi.
Xabaringiz bor, “Lokomotiv” uchun navbatdagi mavsum birmuncha erta boshlanadi. "Loko" 21-yanvar kuni Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Tojikiston klubi “Istiqlol” bilan bellashadi. “Istiqlol” mag'lub etilgan taqdirda “temiryo'lchilar” 28-yanvarda Saudiya Arabistonining “Al Ahli” klubi mehmoni boʻladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253