Hakimiy Bundesliga tarixidagi eng tezkor futbolchiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 471
Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Ashraf Hakimiy Germaniya Bundesligasi rekordini o'rnatdi.
Germaniya chempionatining 16-turi doirasida bo'lib o'tgan «RB Leyptsig»ga qarshi o'yinda (3:3) marokashlik futbolchi 36,2 kilometr/soat tezlik bilan yugurgan. Ma'lumotlarga qaraganda, bu musobaqa tarixidagi eng yuqori natija hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Hakimiy huquqiy jihatdan «Real» futbolchisi hisoblanadi. 21 yoshli futbolchi ushbu mavsumda «Borussiya» safida 25ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!