Ketish kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 565
Ketish kerak
So'nggi paytlarda ushbu chempionatda ko'plab iqtidorli futbolchilar etishib chiqayotganidan xabaringiz bor. AynidamdaRPLdagibirnechtafutbolchilarEvropaningtopchempionatlaridato'psuruvchiklublarninge'tibormarkazidaturibdi, biroq transferlar negadir amalga oshmayapti. Bugun allaqachon kuchliroq chempionatga yo'l olishi kera bo'lgan futbolchilar haqida so'z boradi.
Fyodor Chalov
Moskvaning TsSKA klubi hujumchisi yosh bo'lishiga qaramay, o'tgan mavsumda to'purarlar poygasida 15 ta gol bilan g'olib chiqqanidan xabaringiz bor. Tezkor va vaziyatlardan unumli foydaluvchi hujumchi o'tgan mavsumning o'zidayoq “Kristal Pelas” jamoasi safiga borib qo'shilishi mumkin edi, biroq jamoalar Fyodorning transfer qiymati borasida kelishuvga erisha olmadi. “Bild” nashri bergan ma'lumotlarga qaraganda, London klubi hujumchi uchun 18 million evro taklif qilgan, biroq TsSKA rahbariyati bu summadan ikki barobar ko'proq so'ragan va muzokaralar erta yakunlangan. Ayni damda Moskvaliklarning o'yini ko'ngildagidek chiqmayotgan bo'lishi qaramay, Chalovning mahoratiga hech kimda hech qanday shubha yo'q. Rus nashrlari hujumchini “Roma” skautlari kuzatib yurgani borasida ma'lumotlar tarqatishmoqda. Chalov va uning agenti esa, Evropa jamoalardan bo'layotga takliflarni ko'rib chiqishga tayyor ekanligini bildirmoqda.
Eldor Shomurodov
Yangi mavsumni ko'tarinki kayfiyatda boshlagan hamyurtimiz birinchi davrada nafaqat Rossiya, balki ko'plab xorijlik mutaxassislarni ham e'tiborini tortishga muvaffaq bo'lgani quvonarli. Tezkor, ikkinchi qavatda yahshi o'yin ko'rsatuvchi Shomurodov hujumda universal futbolchi sanaladi. U istalgan qanotda yoki hujumchi ortida ham katta naf keltrishiga guvoh bo'lib kelyapmiz. To'g'ri, ayni damda unda gollar borasida muammo mavjud, lekin Eldorning maydondagi foydali harakatlari soni ortib bormoqda.
Ajoyib startdan so'ng, avvaliga hujumchiga qiziqish bildirgan “Shalke” transfer qiymatidan cho'chidi shekili, boshqa bu borada xabarlar paydo bo'lmadi. Keyinchalik, hamyurtimizni “Galatasaray” jamoasiga o'tishi haqidagi ma'lumotlar turk nashrlarida paydo bo'lishni boshladi. Hozirgi kunga kelib “Lion” klubi tomonidan qiziqish paydo bo'lgani haqida ma'lumotlar mavjud. Hamyurtimizning trnasferi borasidagi yangiliklar soni ko'p bo'lsada, katta ehtimol bilan u qishki transfer oynasi chog'ida jamoada qoladikan ko'rinmoqda. Shunga qaramay, uning kuchliroq chempionatda to'p surish imkoniyatlari to'liq saqlanib qolinadi.
Hozirgi kunda “Rostov” jamoasi muoliyaviy muammolar qurshovida qolgan. Klub uzog'ibilan mavsum so'nggiga qadar o'z etakchilarini ushlab turishga qodir, keyinchalik bir necha yillar avvalgi “Anji” singari ko'tarasiga o'z futbolchilarini sotib yuboradigan ko'rinmoqda. Vaziyat shunday ko'rinish olsa, Shomurodov birinchilardan bo'lib klubni tark etishga shubhamiz yo'q.
Aleksey va Anton Miranchuk
Endilikda bu futbolchilarni yosh va iqtidorli deyish noo'rin bo'lsa, ajab emas. Oktyabr oyida 24 yoshni qarshilagan yarim himoyachilarning yangi darajaga ko'tarilishlari uchun eng qulay palla kirib kelganiga ancha bo'ldi.
Bugungi kunga kelib ikkita futbolchiga ham Evropaning grand jamoalari katta qiziqish bildirmoqda. Rus nashrlarida tomonidan, yozda “Lokomotiv” jamoasiga aka-uka Miranchuklar uchun “Milan” 100 million evro taklif etgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgani yodingizda bo'lsa kerak. To'g'ri, bu ma'lumot tezda klub rasmiylari tomonidan inkor etildi, biroq shamol bo'lmasa daraxtning uchi qimarlamasligi barchaga ayon. Rossiyalik erkin jurnalistlardan biriVladimir Babaninning xabar berishicha, klub Miranchuklarning bir nechta transferini atayin barbod qilgan ekan. Ayniqsa, chempionlik mavsumidan so'ng, ko'plab o'rtamiyona Evropa klublari Miranchuklar borasida aloqaga chiqqan va katta daromad ilinjidagi “Loko” rahbarlari aytgan summa sababli transfer amalga oshmay kelgan.
Bu mavsumda Aleksey Miranchuk o'zini EChL o'yinlarida juda yahshi namoyish etdi va xaqli tarzda Italiya grandlari e'tiboriga tushdi. Afsuski, “Milan” rahbariyati “Lokomotiv”ning talablari sababli futbolchidan to'liq voz kechishga qaror qildi. Ayni damda “Coccer.ru” nashri Miranchuklarning transferi borasidagi barch savolar mavsum so'nggida ko'rib chiqilishini ma'lum qilgan. Voqeyalar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Magomed-Shapi Sulaymanov
Ushbu ro'yxatdagi eng yosh futbolchi bo'lishiga qaramay, “Krasnodar” jamoasining etakchilaridan biriga aylangan Sulaymanovning atrofida mish-mishlar tobora ko'payib bormoqda.
O'zining 17 yoshidayoq RPLda omadli debyut qilgan qanot yarim himoyachisi ajoyib tezlik va o'zgacha tehnika sohibi sanaladi. Kichik jussali bo'lishiga qaramay, dribbling orqali qanotda o'zi uchun boshliq yaratishga qodir vinger borasida “Krasnodar” ko'plab takliflarni qabul qilishda davom etmoqda. Ushbu mavsumda “Valensiya” va “Portu” darvozalariga Suleymanov tomonidan kiritlgan gollar unga Evopa eshiklarini ochishi mumkin. O'z uslibiga ega futbolchi ayni damda atigi 20 yoshga kirgan bo'lsada, “buqalar”ning almashtirib bo'lmas futbolchisga aylanib ulgurgani quvonarli xolat. Rossiya nashrlarining xabar berishicha, Suleymanov bilan Ispaniyaning “Vilyarreal” jamosi jiddiy qiziqib qolgan. Klub rahbarlari uni Denis Chereshevdan ham iqtidorliroq ekanligiga shubha qilmayapti. Afsuski, yana o'sha transfer summasidagi muammolar Magamed-Shapini Krasnodarda ushlab qolishi mumkin. Gap shundaki, mahaliy klub o'z tarbiyalanuvchisini juda yuqori baholab yubormoqda. Ko'ramiz, “Krasnodar” Suleymanovni bir paytlar TsSKA Alan Dzagoevni ushlab qolgani kabi olib qoladimi yoki Rossiya futboli ravnaqi yo'lida sotib yuboradimi. Barchasini vaqt ko'rsatadi.