Arsen Venger Ozilning so'zlari va Artetaning qaytishiga reaktsiya bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 271
Londonning “Arsenal” jamoasini uzoq vaqt davomida boshqarib borgan fransiyalik mutaxassis Arsen Venger yaqindagina klubdagi o'zgarishlar borasida kichik intervu berib o'tdi. Murabbiyning klubdagi yoqimsiz vaziyatga bildirgan fikrini bilan tanishtirib o'tamiz.
Men o'zimning xayrlashuv uchrashuvimda aytganimdek “Arsenal” muxlisiman va ayni damdagi murabbiy Yungbergni to'liq qo'llab-quvvatlayman. Qachonki, Arteta jamoa tepasiga kelsa, men uni ham qo'llab-quvvatlashda davom etaman. Shu o'rinda aytib o'tish lozim, “Arsenal” ayni damda qiyin davrni boshidan o'tkazmoqda. Shu sababli klubdan katta g'alabalarni umid qilish mantiqsizlik bo'ladi. Men ham boshqa muxlislar singari yuzaga kelgan vaziyat ozor chekyapman.
Nima deb o'ylaysiz, Emiri qolganida natijalar yahshilanarmidi?
Men bu savolga javob bermayman. Unay jamoa boshqaruviga kelganida, unga ishonishimni aytgan edim. Afsuski, uning omadi kelmadi va xunuk seriyalarni o'tkazdi. Sen g'alaba qozonmas ekansa, seni ishdan bo'shatib yuborishadi. Futbol shunday sport turi. Murabbiy doimmo qiyin vaziyatda ish olib borishga majbur. Sababi, rahbariyat va muxlislarning sabri tezda tugab qoladi. Afsuski, u uzoq vaqt davomida g'alaba qozonishni uddalay olmadi.
O'zilning Xitoy hukumatiga bildirgan noroziligiga qanday fikr bildirasiz?
Birinchi navbatda aytib o'tish lozim-ki, O'zil erkin so'zlash huquqiga ega va u o'z huquqidan foydalandi. O'zil o'z fikrlarini oshkor qilishga barcha insonlar singari haqli va u bu ishni amalga oshirdi. O'z qarorini bayon qilish imkoniyatidan foydalanadi desak, adashamgan bo'laman. U barchamiz singari o'z fikrini omma bilan o'rtoqlashdi xolos. Mesut o'zini havotirga solgan narsalar borasida so'zladi vas hu bilan birgalikda futbol o'ynashda davom etmoqda. Men vaziyat bilan yaqindan tanish emasman. Shunday bo'lsada, u o'z huqiqidan foydalandi deb hisoblayman.