Bundesliga. «Bavariya» qiyin g'alabaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 348

Germaniya Bundesligasining 16-turidan o'rin olgan bir qancha o'yinlar yakunlandi.
Myunxenning "Bavariya" klubi safarda "Frayburg"ga qarshi bahsda qiyin g'alabani qo'lga kiritdi. Myunxenliklar hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda gollar urib, muhim g'alabani qo'lga kiritishdi.
Shu tariqa, myunxenliklar ochkolarini 30taga etkazib, 3-o'ringa ko'tarilib olishdi.
Bundesliga, 16-tur, 18 dekabr
Frayburg – Bavariya 1:3
Gollar: Grifo (58) – Levandovski (16), Zirkzee (90+2), Gnabri (90+5).
Frayburg: Flekken, Kox, Xaynts, Gulde, Gyunter, Xaberer, Xefler, Frants (Kvan Chu Xon, 54) , Grifo (Borrello, 76), Xyoler (Shlrtterbek, 90+3), Petersen.
Bavariya: Noyer, Pavar, Alaba, Kimmix, Koutino (Zirkzee, 90), Devis, Gnabri, Alkantara, Perishich, Levandovski, Myuller (Martines, 63).
Ogohlantirishlar: Myuller (50), Levandovski (69), Alkantara (89).

Bosh sahifaga
336