KO'JCh. «Liverpul» qo'shimcha vaqtda gol urib, finalga chiqdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 833

Qatarda bo'lib o'tayotgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida bugun ikkinchi yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Evropa chempionlar ligasi g'olibi — "Liverpul", KONKAKAF vakili — Meksikaning "Monterrey" jamoasiga qarshi maydonga chiqdi.
O'yin boshida Salohning chiroyli uzatmasidan keyin Nabi Keyta davrozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, darvozani ishg'ol qildi. Oradan atigi 3 daqiqa o'tib meksikaliklarning hujumini Roxelio Funes-Mori samarali yakunlib, hisobni tenglashtirdi.
Mersisaydliklar ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda g'alabani o'z tomonlariga og'dirishdi. O'ng qanotdan etkazilgan uzatmani Roberto Firmino raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ydi.
"Liverpul" 21 dekabr kuni musobaqa finalida Braziliyaning "Flamengo" klubiga qarshi maydonga chiqadi. "Al-Hilol" va "Monterrey" jamoalari bronza medali uchun kurash olib borishadi.
Klublar o'rtasidagi JCh, yarim final
MONTERREY Meksika – LIVERPUL' Angliya - 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 11 Keyta, 1:1 – 14 Funes Mori, 1:2 – 90+1 Firmino.
Monterrey – Barovero, Medina, Sanches, Montes (Layyun, 79), Vandjoni, Ortis, Pisarro (Gonsales, 90), Galyardo, Funes Mori, Pabon (Mesa, 82), Rodriges.
Liverpul – Alisson, Xenderson, Robertson, Gomes, Lallana, Milner (Aleksander-Arnold, 75), Oksleyd-Chemberlen, Keyta, Shakiri (Mane, 68), Saloh, Origi (Firmino, 85).
Ogohlantirishlar: Vanjoni (47), Gomes (58), Galyardo (78).

Bosh sahifaga
203