Koutino «Bavariya»ning bolalar formasida o'ynab kelmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 429

"Bavariya" yarim himoyachisi Filippe Koutino hozircha klubning bolalar jamoasi uchun chiqarilgan futbolkasida o'ynab kelmoqda.
Braziliyalik futbolchi myunxenliklar safiga o'tgunga qadar jamoa o'zining texnik homiysi "Adidas"ga asosiy tarkibning barcha futbolchilari uchun formaga buyurtma bergan edi.
Buyurtma berilgan futbolkalarning barchasi 172 sm. bo'yga ega bo'lgan Koutino uchun kattalik qildi. Shuning uchun u bolalar jamoasi uchun yaratilgan (176 sm.) formada o'ynashga majbur bo'lmoqda.
"Adidas" ikkinchi davradan boshlab yarim himoyachiga mos formani yaratib beradi. Qiziq tomoni, safar o'yinlari uchun ishlab chiqarilgan futbolkalar ichida Filippega mos keladigani bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240