So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Tomas Bax: “XOQ qochqin atletlarni doimo qo'llab-quvvatlaydi”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 291
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ilk bor o'tkazilayotgan Qochqinlarning Global forumida ishtirok etdi. Mazkur forum qochqinlar masalasi bo'yicha xalqaro fikr almashish, amalga oshiriladigan ishlarni mas'uliyat bilan bo'lishib olish maqsadida tashkil qilindi. BMTga a'zo 193 mamlakat vakillari ishtirok etgan forumda Tomas Bax ham nutq qildi.
“Xalqaro Olimpiya qo'mitasi bir necha yildirki, qochqinlarni sport borasida qo'llab kelmoqda. 2016 yil Rio Olimpiadasi uchun XOQ qoshida Qochqinlar jamoasi, keyinchalik Qochqinlar Olimpiya fondi ham tuzildi. Tajribadan kelib chiqqan holda shuni bilamizki, urush va quvg'inlikda o'sib kelayotgan bolalar uchun sport katta ahamiyatga ega. Sport qochqinlar uchun aniq maqsadlar sari qadam qo'yish, o'zini himoya qilish va sog'lom ulg'ayish uchun muhim vositadir. Biz qochqin atletlarga har doim imkoniyat yaratib berganmiz va bu yo'lda davom etamiz. Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida ham ularning maxsus jamaosi ishtirok etadi”, – dedi Tomas.