O'zbekiston olimpiya terma jamoasining BAA yig'ini kundaligi: Ikkinchi kun
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445
Tailandda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati oldidan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yakuniy yig'inni BAAda olib bormoqda.
Bugun terma jamoamiz 2 mahal mashg'ulot o'tkazdi. Mashg'ulot jarayonlari BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida tashkil etildi. Ko'tarinki ruhda o'tgan mashg'ulotlarda barcha yigitlar birdek mehnat qilmoqda. Ertaga esa yig'in doirasidagi ilk nazorat o'yini bo'lib o'tadi. Unda olimpiyachilarimizga BAAning "Al-Arabiy" klubi raqiblik qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!