"Real" va Frantsiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe faoliyatidagi gollari sonini 400taga etkazdi.

26 yoshli hujumchi JCh-2026 saralashi doirasidagi Frantsiya - Ukraina (4:0) o'yinida ikkita gol urdi. Milliy jamoa safida Mbappe 55 ta gol urgan. Klub miqyosida uning hisobida "Real"da 62 ta, "PSJ"da 256 ta va "Monako"da 27 ta gol bor.

Mbappe 2015 yil oxirida kattalar safida debyut qilgan. 20 dekabr kuni u 27 yoshga to'ladi.