Eldor Shomurodov Yoshlar ittifoqi tomonidan taqdirlandi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 292
Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Tahsin” mukofotining tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Mazkur marosimda turli soha vakillari qatori o'zbek sportchilari ham e'tirof etildi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov sport sohasida mamlakat nufuzini ko'tarishda qo'shayotgan hissasi uchun “Tahsin” mukofoti bilan taqdirlandi.
Mukofot sovrindorlariga 10 million so'm miqdorida pul mukofoti, diplom va maxsus statuetkalar topshirildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!