O'zbekiston olimpiya terma jamoasining BAA yig'ini kundaligi: Birinchi kun
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1121

Xabaringiz bor, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yanvar oyida Tailand yashil maydonlarida o'tkaziladigan U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik olib bormoqda.
Qit'a chempionatiga hozirlikning yakuniy bosqichini olimpiyachilarimiz Birlashgan Arab Amirliklarida o'tkazadi. 16 dekabr sanasida Lyubinko Drulovich shogirdlari Dubayga etib kelishdi va “Holiday Inn” mehmonxonasiga joylashdi. Tushdan so'ng esa “The Sevens” stadionida mashg'ulot o'tkazildi.
Mashg'ulot jarayoni ko'tarinki ruhda o'tdi. Yig'inga jalb etilgan barcha 23 nafar futbolchi mashg'ulotlarda jiddiy ter to'kmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247