FIFA Blatter va Platinini sudga berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 752

FIFA bugun, 16 dekabr kuni tashkilotning sobiq prezidenti Zepp Blatter va UEFA sobiq rahbari Mishel Platini ustidan sudga murojaat qildi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar tarqatdi.
FIFA Blatter tomonidan 2011 yilda Platiniga to'lab berilgan 1,6 million evro pulning qaytirilishini istamoqda. Shveytsariya federal oliy sudi ushbu to'lovni "asossiz to'lov" deb topdi. UEFA sobiq prezidenti pulni FIFAga qaytarsa, ushbu mablag' futbolni rivojlantirish uchun sarflanadi.
Eslatib o'tamiz, Blatter va Platini 2015 yilda 8 yilga futbol faoliyatidan chetlatilib, keyin apellyatsiya tufayli bu muddatga 6 yilga tushirildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245