Dzyudochilarimiz Masters turniridan qaytib kelishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 414

12-14 dekabr kunlari Xitoyning Tsindao shahrida dzyudo bo'yicha Masters seriyasiga kiruvchi yirik musobaqa bo'lib o'tdi. Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi kecha tunda poytaxtimizga qaytib keldi.
11 nafar dzyudochi bilan ishtirok etgan delegatsiyamiz mazkur musobaqada 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Vakillarimizdan Sharofiddin Lutfillaev (-60 kg) va Diyora Keldiyorova (-52 kg) shohsupaga ko'tarilgan. Shuningdek, qolgan dzyudochilarimiz musobaqadagi ishtiroki orqali Tokio Olimpiadasi yo'lida qimmatli reyting ochkolarini jamg'arib olishdi.
Ta'kidlash joiz, delegatsiyamiz Tsindaodan avval Yaponiyaning Osaka shahrida Katta dubulg'a musobaqasida ishtirok etib, kunchiqar yurtning o'zida bir necha kun xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashgan edi. Vakillarimizni kutib olish marosimida O'zbekiston MOQ vitse-prezidenti, O'zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov ham ishtirok etib, dzyudochilarimizni qo'lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan qutlab o'tdi.

Bosh sahifaga
227