Gandbolchi qizlarimiz Trofining kubogining qitalararo bosqichiga yo'l olishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 363

10-15 dekabr Namanganda gandbol bo'yicha 17 va 19 yoshli qizlar o'rtasida Trofi kubogining Osiyo bosqichi bo'lib o'tdi. Unda o'z mintaqalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan O'zbekiston, Tailand va KXDR jamoalari bahs olib bordi. Quvonarlisi, 19 yoshgacha bo'lgan jamoamiz o'z uchrashuvlarida g'alaba qozonib, Trofi kubogining kelasi yil Frantsiyada o'tadigan qitalararo bosqichiga yo'l oldi. 17 yoshli o'smirlarimiz esa bronza medallari bilan taqdirlanishdi.
Yakuniy natijalar:
17 yoshlilar:
1. KXDR
2. Tailand
3.O'zbekiston
19 yoshlilar:
1. O'zbekiston
2. KXDR
3. Tailand
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185