Bugun EChL va Evropa ligasi pley-off bosqichiga qur'a tashlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1054

Bugun Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasining pley-off bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Qur'a oldidan foydali ma'lumotlar bilan yana bir marta tanishtirib o'tamiz.
EVROPA ChEMPIONLAR LIGASI
Qachon?
Qur'a tashlash marosimi 16 dekabr, dushanba kuni UEFAning qarorgohi joylashgan Non shahrida bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi. Marosim FUTBOL TV orqali jonli translyatsiya qilinadi.
Qaysi jamoalar ishtirok etadi
Guruh g'olibi sifatida pley-off bosqichiga chiqqan 8ta jamoa "tanlanganlar" sifatida 1-savatchadan o'rin olishadi. Ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar esa 2-savatchaga joylashtiriladi.
"Tanlanganlar"
"Bavariya" (Germaniya: «B» guruhi)
"Barselona" (Ispaniya: «F» guruhi)
"Valensiya" (Ispaniya: «H» guruhi)
"Liverpul" (Angliya, chempion: «E» guruhi)
"Manchester Siti" (Angliya: «C» guruhi)
"Pari Sen-Jermen" (Frantsiya: «A» guruhi)
"RB Leyptsig" (Germaniya: «G» guruhi)
"Yuventus" (Italiya: «D» guruhi)
"Tanlanmaganlar"
"Atalanta" (Italiya, «S» guruhi)
"Atletiko" (Ispaniya, «D» guruhi)
"Borussiya" Dortmund (Germaniya: «F» guruhi)
"Chelsi" (Angliya: «H» guruhi)
"Lion" (Frantsiya: «G» guruhi)
"Napoli" (Italiya: «E» guruhi)
"Real" (Ispaniya: «A» guruhi)
"Tottenxem" (Angliya: «B» guruhi)
Qur'a tartibi
— "Tanlangan" jamoalar nimchorak finalning javob o'yinini o'z uylarida o'tkazishadi.
— Guruh bosqichida bitta guruhda ishtirok etgan jamoalar hamda bitta mamlakat klublari nimchorak finalda o'zaro to'qnash kelishmaydi.
— Boshqa cheklovlar haqda qur'a oldidan e'lon qilinishi mumkin.
Nimchorak final o'yinlari qachon o'tkaziladi
Dastlabki o'yinlar 18, 19, 25 va 26 fevral kunlari, javob uchrashuvlari 10, 11, 17 va 18 mart kunlari o'tkaziladi. Barcha o'yinlar Markaziy Evropa vaqti bilan 21:00da boshlanadi.
Chorak final, yarim final va final o'yinlariga qur'a tashlash marosimi 20 mart kuni bo'lib o'tadi.
-----------------------
EVROPA LIGASI
Qachon?
Qur'a tashlash marosimi 16 dekabr, dushanba kuni UEFA qarorgohi joylashgan Non shahrida bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanadi. Marosim FUTBOL TV orqali jonli translyatsiya qilinadi.
Kimlar ishtirok etadi?
Qur'ada Evropa ligasi guruh bosqichida 1-o'rinni egallagan 12ta jamoa, guruhda 2-o'rinni band etgan 12ta klub va Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichida 3-o'rinni egallagan 8ta jamoa ishtirok etadi.
"Tanlanganlar"
"Arsenal" (Angliya)
"Ayaks" (Gollandiya)*
"Bazel" (Shveytsariya)
"Benfika" (Portugaliya)*
"Braga" (Portugaliya)
"Gent" (Belgiya)
"Zaltsburg" (Avstriya)*
"Inter" (Italiya)*
"Istanbul Bashakshehir" (Turkiya)
LASK (Avstriya)
"Malme" (Shvetsiya)
"Manchester Yunayted" (Angliya)
"Portu" (Portugaliya)
"Sevilya" (Ispaniya)
"Seltik" (Shotlandiya)
"Espanol" (Ispaniya)
"Tanlanmaganlar"
"Ayntraxt" (Germaniya)
"Alkmaar" (Gollandiya)
APOEL (Kipr)
"Bayer" (Germaniya)*
"Bryugge" (Belgiya)*
"Volfsburg" (Germaniya)
"Vulverxempton" (Angliya)
"Kopengagen" (Daniya)
"Ludogorets" (Bolgariya)
"Olimpiakos" (Gretsiya)*
"Reyndjers" (Shotlandiya)
"Roma" (Italiya)
"Sporting" (Portugaliya)
"Xetafe" (Ispaniya)
ChFR (Ruminiya)
"Shaxtyor" (Ukraina)*
* EChLdan o'tgan jamoalar
Savatchalarga qanday ajratilgan?
Barcha ishtirokchilar 2ta — "tanlanganlar" va "tanlanmaganlar" savatchalarga ajratilgan. Evropa ligasida guruh g'oliblari va EChLdan o'tgan jamoalar orasida eng yaxshi koeffitsientga ega bo'lgan 4ta klub "tanlanganlar" guruhiga qo'shildi.
Qur'a tartibi
— "Tanlanganlar" javob o'yinini o'z uylarida o'tkazishadi.
— Evropa ligasini bitta guruhda o'tkazgan jamoalar hamda bir mamlakat vakillari ushbu bosqichda o'zaro to'qnash kelishmaydi.
— "Braga" va "Portu" stadionlari bir-biriga yaqin joylashgani uchun, UEFA reglamentiga ko'ra, ular bir kunda uy o'yinlarini o'tkazishlari mumkin emas. Shu bois, qur'a natijasidan qat'i nazar, "Braga" 26 fevral kuni bo'ladigan javob o'yinini o'z maydonida o'tkazadi.
1/16 final o'yinlari qachon o'tkaziladi?
Dastlabki o'yinlar 20 fevral, javob uchrashuvlari 27 fevral kunlari o'tkaziladi. O'yinlar Toshkent vaqti bilan 22:55 va 01:00da boshlanadi. Nimchorak finalga qur'a tashlash marosimi 28 fevral kuni bo'lib o'tadi.


Bosh sahifaga
295