So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Real" himoyasi klub tarbiyalanuvchilari qo'liga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42

"Real Madrid" akademiyasining ikki nafar tarbiyalanuvchisi bo'lajak o'yinlarda himoya markazida to'p tepadi.
Bugun David Alaba son jarohati tufayli 2-3 haftaga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi. Antonio Ryudiger avvalroq jarohat olgan edi va u 20 kungacha safdan chiqdi.
«Marca» xabariga ko'ra, Raul Asensio "Real"ning "Leganes" va "Atletiko"ga qarshi o'yinlarda asosiy tarkibida maydonga tushishi mumkin. Xakobo Ramon ertangi Ispaniya kubogi o'yinida maydonga tushadi - agar muvaffaqiyat qozonsa, 20 yoshli himoyachi shanba kungi derbida asosiy tarkibda maydonga tushadi.
Qayd etilishicha, bir qator o'yinlarda "Real" himoyasi markazida to'p tepgan Orelen Tchuameni keyingi o'yinlarda bu pozitsiyada qo'llanilishi dargumon. "Atletiko" bilan derbida frantsuz yarim himoyada o'ynashi mumkin.