«Lion» etakchisi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309

“Lion” hujumchisi Memfis Depay jarohati sababli mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborish mumkin. Bu haqda L'Équipe nashri xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi Frantsya chempionatining 18-turidan o'rin olgan “Renn”ga qarshi bahsda og'ir jarohat olgan.
Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi yaqin vaqt ichida tibbiy tekshiruvdan o'tkaziladi. Agar uning jarohati jiddiy bo'lsa, futbolchi operatsiya qilinadi va 6-7 oy maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli Depay joriy mavsum 18ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
297