«Liverpul» klublar o'rtasidagi JChga 20 kishi bilan yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 430

«Liverpul» klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan yakuniy ro'yxatni taqdim etdi.
Ro'yxatdan 20 nafar futbolchi o'rin oldi. «Zaltsburg»ga qarshi o'yinda (2:0) jarohat olgan Deyan Lovren qaydnomaga kiritilmadi. «Uotford»ga qarshi bahsda engil jarohat olgan Jorjino Veynaldum jamoa bilan Qatarga yo'l oldi.
«Liverpul»ning klublar o'rtasidagi JCh uchun tarkibi:
Darvozabonlar: Alisson, Adrian, Lonergan;
Himoyachilar: van Deyk, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, Uilyams;
Yarim himoyachilar: Veynaldum, Milner, Keyta, Xenderson, Oksleyd-Chemberlen, Shakiri, Lallana, Jons;
Hujumchilar: Firmino, Mane, Saloh, Origi.
«Liverpul» musobaqani 18 dekabr kuni «Monterrey»ga qarshi yarim final bahsi bilan boshlaydi.

Bosh sahifaga
204