Ronaldu Messidan o'zib ketib, rekordni yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 954

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining 16-turi doirasida «Udineze»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda "dubl"ga erishdi. Shu tariqa, portugaliyalik futbolchining ushbu mavsumda "keksa sinora" safida barcha musobaqalar doirasida urgan gollari soni 11taga etdi.
Ronaldu ketma-ket 15 mavsumdan beri klub darajasida har yili kamida 10ta gol urayotgan birinchi futbolchiga aylandi. «Barselona» hujumchisi Lionel Messi bunday natijani ketma-ket 14ta mavsumda uddalagan.
Faqat milliy chempionatlar doirasidagi gollarni hisoblaganda esa Ronaldu ketma-ket 13ta mavsumdan beri kamida 10ta gol urmoqda. U Italiya A seriyasida yana bitta to'p kiritsa, bunday seriyani 14ta mavsumga etkazadi va bu borada Messi bilan tenglashib oladi.







Bosh sahifaga
245