Sulsher Xolandni «MYu»ga taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 357
«Red Bull Zaltsburg» hujumchisi Erling Xoland «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin.
Daily Mail tarqatgan xabarga ko'ra, mankunianliklar bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher juma kuni Zaltsburgga uchib borib, futbolchi bilan suhbatlashgan.
«Leyptsig» va Dortmundning «Borussiya» klubi vakillari 19 yoshli futbolchining transferi borasida muzokaralar o'tkazganidan keyin Sulsher tezda Xoland bilan shaxsan gaplashishga qaror qilgan.
«MYu» bosh murabbiyi 2017-2018 yillarda «Molde»ni boshqargan paytda Xoland bilan birga ishlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!