La liga. «Atletiko» g'alaba qozonib, 4-o'ringa ko'tarildi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1301
Ispaniya chempionatining 17-turi doirasida «Atletiko» o'z maydonida «Osasuna»ni qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
«Vanda Metropolitano»ga tashrif buyurgan mehmonlar bir yarim bo'lim davomida "matraschilar"ga qarshilik ko'rsatishdi. Ammo qolgan daqiqalarda Morata va Saulning gollari evaziga mezbonlar g'alabani o'z tomonlariga og'dirishdi.
Ushbu g'alaba tufayli "Atletiko" o'z ochkolarini 29taga etkazib, "Real Sosedad"ning ochko yo'qotganidan foydalanib, jadvalda 4-o'ringa ko'tarilib oldi.
Atletiko – Osasuna 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 67 Morata, 2:0 – 75 Saul.
Atletiko – Oblak, Tripper, Felipe, Ximenes, Sanches (Errera, 63), Koke, Tomas, Saul, Lemar (Korrea, 54), Joau Feliks (Ermoso, 82), Morata.
Osasuna – Errera, Ronkalya, Navas, David Garsiya, Estupinyan, Roberto Torres (Adrian, 73), Merida (Inigo Peres, 79), Oyer Sanxurxo (Ibanes, 73), Brashanats, Ruben Garsiya, Chimi Avila.
Ogohlantirishlar: Sanches (26), Errera (53).