Bundesliga. «Bavariya» «Verder»ni mag'lub etdi. Koutinodan xet-trik
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 459
Germaniya chempionatining 15-tur uchrashuvida "Bavariya" o'z maydonida "Verder"ni 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Myunxenliklar xujumchisi Levandovski dublga erishdi, Koutino xet-trik qayd etdi.
"Bavariya" 27 ochko to'plab turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Germaniya chempionati.
15-tur
«Bavariya» — «Verder» — 6:1 (2:1)
Gollar: Rashitsa, 24 (0:1). Koutino, 45 (1:1). Levandovski, 45+4 (2:1). Koutino, 63 (3:1). Levandovski, 72 (4:1). Myuller, 75 (5:1). Koutino, 78 (6:1).
«Bavariya»: Noyer, Boateng (Perishich, 46), Alaba, Pavar, Kimmix, Tiagu Alkantara, Koutino (Singx, 82), Gnabri, Goretska (Myuller, 70), Deyvis, Levandovski.
«Verder»: Pavlenka, Gebre Selassie (Fridl, 45), Lang, Velkovich, Augustinsson, Nuri Shaxin, Gross, Klassen, M.Eggeshtayn, Osako (Bittenkurt, 67), Rashitsa (Bartels, 86).
Ogohlantirishlar: Pavar, 16. Boateng, 18. Gross, 22. Fridl, 62.
Hakam: Shreder (Germaniya).