Kalexon «Napoli» bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 407
"Napoli" yarim himoyachisi Xose Kalexon yaqin orada klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
"Napoli" futbolchiga 2 yilga mo'ljalllangan yangi shartnoma taklif qildi deya xabar beradi La Gazetta dello Sport nashri.
Ayni paytda tomonlar kelishuv tafsilotlarini muhokama qilmoqda.
Yarim himoyachi bosh murabbiy Karlo Anchelotti istefoga chiqarilganidan so'ng jamoani tark etmaslikka qaror qildi.
32 yoshli ispaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi iyun oxirida nihoyasiga etadi.
Ushbu mavsumda Kalexon "Napoli" safida 19 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!