EChL. Guruh bosqichining ramziy terma jamoasi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 397
UEFA Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi yakunlari bo'yicha ramziy terma jamoani e'lon qildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Ushbu jamoadan "PSJ"ning 3 nafar futbolchisi o'rin olgan bo'lsa, pley-offga chiqa olmagan "Ayaks"ning ikki futbolchisi ramziy jamoaga kiritildi.
Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu ramziy terma jamoaga kiritilmadi.
EChL. Guruh bosqichi ramziy terma jamoasi quyidagicha:
Darvozabon: Keylor Navas ("PSJ")
Himoyachilar: Xuan Bernat ("PSJ"), Nikolas Talyafiko ("Ayaks"), Ashraf Hakimiy ("Borussiya" Dortmund)
Yarim himoyachilar: Rahim Sterling ("Manchester Siti"), Son Xeung Min ("Tottenxem"), Hakim Ziyosh ("Ayaks"), Muhammad Saloh ("Liverpul")
Hujumchilar: Erling Xolann ("Red Bull Zaltsburg"), Robert Levandovski ("Bavariya"), Kilian Mbappe ("PSJ").