Modrich Madridda 12 mln evroga uy sotib oldi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 341
«Real» yarim himoyachisi Luka Modrich oilasi bilan yangi uyga ko'chib o'tdi. Xorvatiyalik futbolchi La Moralexa tumanidan 12 million evroga uy xarid qildi.
Hovlining umumiy maydoni 1 gektarni tashkil qilsa, uning 2700 metr kvadratiga uy qurilgan. Uyda 9ta yotoqxona, 9ta yuvinish xonasi, massaj xonasi, trenajyor zali, bog' tomonga qaragan kabinet, shuningdek, 10ta mashinaga mo'ljallangan garaj mavjud.
Erto'lada 18 kishiga mo'ljallangan kinoteatr, bazmlar uchun xona, shuningdek, bolalar uchun o'yin maydoni mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!