Ronalduning qo'shnisi Krishtianuni maqtadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 452
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning qo'shnisi Elizabet Borelning ta'kidlashicha, futbolchi ideal qo'shni hisoblanadi.
"Krishtianu — ideal qo'shni. Ularning shovqin suroni eshitilmaydi, ular bazmlar uyushtirishmaydi. Ularning uyiga tez-tez mashinalar kelishini sezmaganman. Ronalduni "Rolls-Royce"da ko'p ko'raman. Uning garajida, shuningdek sport mashinalari ham bor, masalan, Lotus. Uning hovlisida yopiq suv havzasi va gullarga burkangan bog' mavjud.
Kichik Krishtianu tez-tez skeytbordda sayr qiladi. Uning ortida esa tansoqchilar bo'ladi. Jorjinaga enagalar yordam berishadi", — dedi Borel.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu va uning qallig'i Jorjina 4 nafar farzandni tarbiyalashmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!