Habib Ronalduga: «Vaqtida yig'ishtirish kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1674
Aralash jang ustasi Habib Nurmagomedov futbol yulduzi, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduga maslahat berdi, deb yozmoqda «Argumenti.ru».
Maslahat mazmuni shundan iboratki, obro'ning borida sportdan ketish kerak.
Habib Krishtianu bilan anchadan beri do'st, u to'qqiz yil to'p surgan «Real Madrid»ga ishqibozlik qiladi. Nurmagomedovning fikricha, qaysi sport turi bo'lishidan qat'i nazar, vaqtida ketgan ma'qul.
«Unga va o'zimga maslahatim — vaqtida yig'ishtirish kerak», — dedi Nurmagomedov. Aytishicha, uning o'zi ajoyib formada.
Eslatib o'tamiz, ilgari Habib Nurmagomedov sportdagi faoliyatini yana ikkita jangdan keyin bas qilishini ma'lum qilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!