Frank Riberi operatsiya qilinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309
«Fiorentina» yarim himoyachisi Frank Riberi «Lechche»ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi. Shu bois, futbolchi to'pig'idan operatsiya qilinadigan bo'ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Eslatib o'tamiz, 1 dekabr kuni bo'lib o'tgan o'yinda 36 yoshli futbolchining o'ng oyog'i to'piq qismidagi bog'lamlar jarohatlangan edi.
Riberi ushbu mavsumda 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!