Diyor Imomxo'jaev kelishilgan o'yinlar haqida: «Endi rahm-shafqat bo'lmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22651

O'zbekiston proffesional futbol ligasi bosh direktori o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev kelishilgan o'yinlar haqida fikr bildirdi.
“Bugun o'zimizning futbol klublar ancha jiddiy xat qabul qilib oladi. Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash masalasi 2019 yilda katta mavzu bo'ladi.
Endi aniq bir faktsiz ham PFL ishni prokuraturaga oshiradi. Biror-bir futbol klubi kamida uchta o'yinda gumon qilinganining o'ziyoq biz uchun etarli. Qolganini shunday ishlarni ochishga aqli etadigan organlarimiz qoyil qiladi, deb umid qilamiz.
Klublarga kelgan xatlarni OAV uchun texnichno berib turadigan odamlarimiz to'lib yotibdi. Uch kishi bilgan narsa endi sir emas, dermidi. Bu mavzuda xalq o'z “qahramonlari”ni bilsa ham zarar qilmaydi. Ular ko'zlarini yaxshilab ochishsin, endi rahm-shafqat bo'lmaydi.
Futbol ichidagi ayrimlar topayotgan yuz millionlariga ham qanoat qilmay, o'yinlarni sotishdan qo'shimcha daromad ko'rayotgani uchun ham davlat ularga nisbatan imtiyozlarni kamaytirib borishiga qarshi emasman. Yaxshi futbolchi Yaponiya, Xitoy, Koreya, Malayziya, BAA yoki Rossiyaga ketib ham oilasini boqaveradi. O'z qarichidan balandroq sakray olmaydigani esa mehnati evaziga muxlis chorlasin, muxlis orqali daromad qilsin. Tekintomoqlik bizni olib kelgan nuqta hozircha shu”,- deb yozadi Imomxo'jaev.

Bosh sahifaga
165