Husanov "Man Siti" libosi bilan (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

«Manchester Siti» klubi Abduqodir Husanov transferini rasman e'lon qilmagan bo'lsa-da, uning klub sport direktori Chiki Begiristayn bilan tushgan surati tarmoqlarda tarqaldi.
O'zbekistonlik 20 yoshli himoyachi shartnoma imzolash Manchesterga etib borgan. U bilan agenti G'ayrat Xasbulindan tashqari, futbolchining vakili sifatida qozog'istonlik Ulug'bek Asanbaev ham borgan.
Meta-ratings.kz saytining qayd etishicha, shartnoma imzolash chog'ida «Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola ham ishtirok etgan. Aynan ispaniyalik murabbiy Husanovning transferini istagan.
Eslatib o'tamiz, Husanov kuni kecha Manchesterda tibbiy ko'rikdan o'tgandi.


Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267