O'zPFL «Navbahor»ga tashakkurnoma yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 625
Shu haftada O'zbekiston professional futbol ligasi (PFL) bosh direktori Davron G'ayratovich Shakurbanov tomonidan 2020 yilgi mavsum uchun Superliga va Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) musobaqalarida ishtirok etish uchun litsenziyalash jarayonidan o'tgan klublarga tashakkurnoma bitilgan minnatdorchilik xatlari jo'natildi.
“Navbahor” PFKga jo'natilgan maktubda Davron Shakurbanov jumladan, 2019 yilgi mavsumda Coca Cola Superliga jamoalari OFKning CLAS onlayn tizimidagi litsenziya jarayonidan o'tishlari shart bo'lgani, jarayon davomida klublar OFKning majburiy talablari asosida belgilangan ma'lum muddat davomida kerakli hujjatlar jamlanmasi hamda ma'lumotlarni taqdim etishlari lozim bo'lganligi, ushbu shartlarni Superliganing sanoqli klublarigagina bajarish nasib etganligi, ular orasida Namanganning “Navbahor” klubi ham bo'lganligini e'tirof etgan holda, jamoamiz OFKning talabini bajarib, 2020 yilgi mavsumga OFK litsenziyasiga ega bo'lganligi, bu ishni mukammal, puxta va qisqa muddatlarda bajarilishida klub ma'muriyati hamda xodimlari, shu jumladan, bunga o'zining munosib hissasini qo'shgan “Navbahor” litsenziyalash bo'limi menejerining mehnatlari ulkan bo'lganligini ta'kidlagan holda, ularga o'z minnatdorchiligini bildirib, PFL “Navbahor” PFKni mazkur muvaffaqiyat bilan tabriklab, keyingi litsenziyalash bosqichlarida ham shunday ishlashda tarzda davom etishi va omad yor bo'lishini bildirdi.
O'z navbatida “Navbahor” PFK jamoasi ham ushbu tashakkurnoma xati uchun PFLga o'z minnatdorchiligini bildirib, shunday ruhda ishlashda davom etishini ta'kidlaydi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.