«Bunyodkor» futbolchisi faoliyatini Evropada davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 578
Toshkentning “Bunyodkor” klubi yarim himoyachisi Shoxrux Gadoev faoliyatini Ozarbayjon chempionatida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, Gadoev Ozarboyjon chempionatida to'p tepadi. Hamyurtimiz "Keshlya Baku" klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshlik yarim himoyachi faoliyatini "Nasaf"da boshlab, keyinchalik Bahrayn va Janubiy Koreyada ham to'p tepdi. Bu mavsum o'rtasida "qaldirg'ochlar" safiga qaytgan futbolchi endi "Keshlya Baku" futbolchisiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!