Rasman! «Napoli» Anchelottini iste'foga chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 278
«Napoli» klubi bosh murabbiy Karlo Anchelottini iste'foga chiqarish haqida qaror qabul qildi.
«Klub, jamoa prezidenti Aurelio De Laurentis va Karlo Anchelotti o'rtasidagi do'stona munosabat va o'zaro hurmat o'zgarmasdan qoladi», – deyiladi napoliliklar tomonidan tarqatilgan bayonotda.
60 yoshli mutaxassis Evropa chempionlar ligasi doirasida bugun «Genk» ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozondi va jamoani nimchorak finalga olib chiqdi. Bungacha «Napoli» ketma-ket 9ta o'yinda g'alaba qozona olmagan edi. Jamoa A seriya jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!