«Latsio» futbolchisining uyidan 100 ming evro o'g'irlab ketildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 472
"Latsio" futbolchisi Sergey Milinkovich-Savichning uyini 8 dekabr kuni o'g'rilar tunab ketishdi.
O'g'irlik Italiya A seriyasining 15-turi doirasida bo'lib o'tgan "Latsio" - "Yuventus" (3:1) o'yini paytida yuz bergan. Uch nafar o'g'ri deraza orqali serbiyalik futbolchining uyiga kirishgan.
Bosqinchilar uydan qimmatbaho soatlar — Rolex va Hublot hamda pul olib chiqib ketishgan. Umumiy zarar — 100 ming evro atrofida.
Milinkovich-Savich Italiya chempionatining ushbu mavsumida 15ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!