Tuxel Mbappe bilan ziddiyat borasida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 534
"PSJ" bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa hujumchisi Kilian Mbappe bilan yuzaga kelgan mojaro borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Mbappe bilan ishlash qiyin emas. Ammo u zaxiraga olinishini qabul qilishi va boshqa o'yinchilarga hurmat namoyish qilishi kerak", - dedi Tuxel "Get French Football News"ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, "Monpele"ga qarshi o'yin so'ngida germaniyalik mutaxassis Mbappeni zaxiraga oldi. Frantsiyalik futbolchi maydonni tark etish chog'ida murabbiy uning yoniga kelib, o'z qarorini tushuntirmoqchi bo'ldi. Ammo Mbappe oshkora tarzda murabbiydan yuz o'girdi va unga e'tibor qaratmaslikka harakat qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!