Desham Frantsiya terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 326
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham yangi shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda Frantsiya futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, yangi shartnomaga ko'ra, mutaxassis 2022 yilning dekabr oyiga qadar terma jamoani boshqaradi. Demak, Desham Qatarda o'tadigan jahon chempionati oxiriga qadar Frantsiyani boshqaradi.
Desham Federatsiya bilan uchinchi marta shartnomani uzaytirmoqda. Avvalroq — 2015 va 2017 yillarda ham tomonlar yangi kelishuvni imzolashgan edi.
Eslatib o'tamiz, Desham Frantsiya terma jamoasi bilan Evro-2016 finaliga chiqqan bo'lsa, JCh-2018da g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!