«Lill» sport direktori Shomurodovni kuzatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 867

Rossiya chempionatining 19-turi doirasida bo'lib o'tgan «Spartak» - «Rostov» o'yinini kuzatish uchun Frantsiyaning «Lill» klubi vakillari Moskvaga tashrif buyurishdi. Ular rostovliklarning ikki futbolchisining o'yinini kuzatib borishdi.
"Sport Ekspress" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, "Lill" sport direktori Luish Kampush hujumchi Eldor Shomurodov va yarim himoyachi Matias Normanni kuzatib borishgan.
Avvalroq Frantsiyaning "Lion" va Ispaniyaning "Sevilya" klublari Shomurodovga qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqalgan edi.
Barcha fikrlar: 1

Yawa eldor
9 Dekabr 2019, 22:31
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261