O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari Jizzax viloyatida bo'lishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 514
Bugun O'FA mutaxassislar guruhi Jizzaxda bo'lib, viloyat futbol akademiyasi, infratuzilma, bolalar va o'smirlar futboli hamda ommaviy futbolga qaratilayotgan e'tibor bilan yaqindan tanishishdi.
Mazkur tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad – ushbu yo'nalishlar bo'yicha holatni faqatgina qog'ozda yoki raqamlarda emas, balki bevosita joyiga borib o'rganib chiqish hamda tegishli choralarni ko'rishdan iborat.
Dastlab O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va mas'ul mutaxassislar viloyat futbol akademiyasiga tashrif buyurib, u erda futbolchilar uchun yaratilgan sharoitni ko'zdan kechirishdi.
Murabbiylar va mutaxassislar malakasini oshirish, futbolchilar salomatligi uchun zarur bo'lgan oziqlanish hamda vitaminizatsiya masalalarida akademiya rahbariyati tegishli ko'rsatmalar berildi.
Shundan so'ng O'FA vakillari Jizzax futbol assotsiatsiyasida ham bo'lishdi va viloyat futbolining bugungi holatini o'rganib chiqishdi.
Shu bilan bir qatorda Jizzax futboli ramziga aylangan “So'g'diyona” futbol klubi rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Yangi mavsumga tayyorgarlik hozirdanoq boshlab yuborilgan “So'g'diyona” stadioni ko'zdan kechirildi.
Shuningdek, futbolni rivojlantirish rejalarini muhokama qilish maqsadida Ravshan Ermatov Jizzax viloyati hokimi Ergash Alibekovich Saliev bilan uchrashdi va xududda futbolni yangi darajaga olib chiqish borasida fikr almashishdi.